20.10.2015 43221

JIDU da 20-oktabr 2015-yilda “Madaniyatlararo aloqalar” mavzusida konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiya XM 2-kurs talabalari uchun  ingliz tili kafedrasi o’qituvchilari Sekerova A. Sh. va Borisova E.V. lar rahbarligida tashkil qilindi. Konferensiyaning o’ziga xos jihati shundan iborat ediki, unda XM 4-kurs talabalari tarjimonlar sifatida  (ingliz tilidan o’zbek va rus tillariga) qatnashdi.

Talabalar mamlakatimizda faoliyat yurgizayotgan xorijiy mamlakatlarning madaniyat markazlaridan maxsus milliy kiyimlar oldilar.

Konferensiya qatnashchilari O’zbekiston, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Isroil, BAA, Rossiya, Yaponiya, Xitoy va Hindiston davlatlari haqida ma’ruzalar, taqdimotlar, raqslar hamda bo’lajak diplomatlar uchun muhim bo’lgan madaniyatlararo aloqalar haqidagi bilimlarni oshirishga xizmat qiluvchi videoroliklar tayyorladilar.