09.10.2017 19830

1-oktabr Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan JIDUda ko‘p yillardan buyon mehnat qilib, yoshlar o‘rtasida o‘z ish faoliyati bilan namuna bo‘lib kelayotgan halol, to‘g‘riso‘z, mehnatsevar, jonkuyar va fidoyiligi tufayli shogirdlari va hamkasblari hurmatiga sazovor bo‘lgan JIDU Til ta’lim markazi “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi dotsenti Sharipova Nargiza Erikovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Mamlakatimizda ko‘zga ko‘ringan iste’dodli mutaxassis, dono ustoz va taniqli pedagog-metodist Sharipova Nargiza Erikovna ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida, avvalo rahbar va boshqaruvdagi kadrlarni yetishib chiqishida, keyinchalik xalqaro munosabatlar rivojida, mustaqil O‘zbekistonning diplomat kadrlarini yetishtirishda munosib hissa qo‘shganlar, shogirdlari dunyoning ko‘p joylarida xizmat qilib, o‘zbek xalqi nomini jahonga taratmoqdalar.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi nomidan Nargiza Erikovnani tabriklaymiz va mehnat faoliyatida muvafaqqiyatlar tilaymiz.