06.10.2017 18855

Joriy yilning 6-oktabr kuni, JIDUda rektor A.Djumanov va AQShning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlenning uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida A.Djumanov JIDUning xorijiy davlatlardagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan bo’lgan xalqaro hamkorlikning holati haqida qisqacha so'zlab berdi, shu jumladan Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Rossiya. Shu nuqtai nazardan, Amerika universitetlari va "ilmiy markazlar" bilan ilmiy aloqalarni o'rnatish va rivojlantirishga qiziqish bildirildi.

Uchrashuvdan so'ng P. Spratlen "Diplomatiya san'ati" mavzusida talabalar uchun ma'ruza o’qidi.

Tadbir yakunida tomonlar ushbu uchrashuv tashkillashtirilgani uchun minnatdorchilik izhor etdilar va sovg'alar bilan almashdilar.