JIDUda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26-yilligi va Birinchi Prezident Islom Karimovning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi
05.09.2017 19854
2017 yil 2 sentyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 1 kurs talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv faollar zalida o‘tkazilgan bo‘lib, bunda professor o‘qituvchilar, xodimlar, birinchi kurs bakalavr va magistratura talabalari hamda ota-onalar ishtirok etdi. O‘zlarining chiqishlarida universitet rektori A.Djumanov barcha ishtirokchilarni Mustaqillikning 26-yilligi bilan qutladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 20 aprelida tasdiqlangan “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan universitet bitiruvchilari oldiga mamlakatimizning xalqaro munosabatlarini rivojlantirish bilan bo‘lgan qo‘yilgan vazifalar, O‘zbekistonda ta’limi tizimini tubdan o‘zgartirish, xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Shu qatorda mazkur universitet Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbuslari bilan 1992 yili tashkil etilgani va ushbu dargoh shu yili o‘zining 25-yilligini nishonlash arafasida turganini eslatib o‘tildi.
So‘ng so‘z professor Alisher Fayzullayevga berildi. Ular bo‘lg‘usi bitiruvchilarning kasbiy faoliyati to‘g‘risida gapirib o‘tdi, elchilik xizmati davomida yig‘gan tajribasi bo‘yicha ta’surotlari bilan o‘rtoqlashdi, talabalarga ularning o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tilab qoldi.
O‘z chiqishida professor Rahmon Farmonov, Mustaqillik kuni – davlatimiz uchun buyuk tarixiy sana, O'zbekiston Respublikasi – dunyo xaritasida yangi, mustaqil va suveren davlat bo‘lib joy egallagani, xalqimizning asriy orzulari va intilishlari ushalgani to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tdi.
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri Ra’no Tursunova O‘zbekiston Mustaqilligining asoschisi Islom Karimovning hayoti va faoliyatini so‘zlab berdi. Birinchi Prezidentimizga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.
Dotsent Feruza Usarova so‘zga chiqdi va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” Davlat dasturi mohiyatini yoritib o‘tdi.
“JIDU 1-chi kurs maktabi” tadbirlari sentyabr oyining birinchi yarimiga qadar davom etadi.