17.06.2017 42358

2017 yil 10 iyundan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyida “Oliyjanob inson fazilatlari” mavzusi oyligi boshlandi. Oylikni “Oliyjanoblik-inson ko‘rki” mavzusidagi davra suhbati bilan 2 kurs o‘quvchilari boshlab berishdi. O‘quvchilar oliyjanoblik haqida mustaqil fikrlarini, badiiy kitoblardan iqtiboslar, hadislardan namunalar aytishdi. O‘qituvchilar o‘quvchilarga “Oliyjanoblik-inson ko‘rki” mavzusi keltirilgan kitoblar va asarlarni topish topshirig‘i berildi.

2-kurs o‘quvchisi Nurmurodova E’zoza quyidagi fikrlarni aytib suhbatni, bahs-munozarani yakunladi: “Har bir inson ma’naviy jihatdan yetuk bo‘lsa, u har bir ijobiy iqtidorga, jumladan, oliyjanob fazilatlarga ega bo‘ladi. Ma’naviyat sohibi yoki sohibasi bo‘lishning ildizi esa kitob mutolaasiga bog‘liq. Quyosh kunni isitganidek, kitob qalblarni isitadi. Shunday ekan, biz yosh-u kattalar mudom kitobga oshno bo‘laylik!”