“O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalari uchun kadrlar tayyorlashda til ta’limi masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya
20.04.2017 29898
2017 yil 19 aprelda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalari uchun kadrlar tayyorlashda til ta’limi masalalari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada mutaxassislar quyidagi masalalarni muhokama qildilar: oliy ta’lim tizimida xorijiy hamda davlat tili ta’limi masalalari, til ta’limi jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish masalalari; chet tillarini o‘qitish jarayonida mustaqil ta’limga, elektron o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga alohida e’tiborni qaratish va bu sohadagi ilk natijalar tahlili; chet tili darslarida talabaning faolligini oshirish; o‘zbek tilshunosligida mutaxassislikka yo‘naltirilgan sohalarni rivojlantirish va uning ayrim yo‘nalishlarini dars jarayoniga tatbiq etish masalalari; oliy ta’limda davlat tili ta’limining JIDU tajribalaridan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich o‘qitishga e’tiborni qaratish va joriy etilishi bo‘yicha tavsiyalar; sinxron tarjimonlar guruhi faoliyatining ilk tajribalari kelib chiqqan muammo va yutuqlar tahlili.
Anjumanda Toshkent Davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston Davlat jahon tillar universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent moliya instituti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.