Murabbiylik soatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”ga bag‘ishlangan Farmoni o‘rganildi
13.04.2017 30657
2017 yil 12 aprel kuni murabbiylik soatida barcha akademik guruhlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi” Farmoni o‘rganildi. Mazkur Farmonda mamlakatning rivojlanishiga taalluqli bo‘lgan beshta tamoyillarga e’tibor qaratildi. Shulardan: “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish” tamoyili bo‘yicha demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish, Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish; “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari” bo‘yicha sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish; “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” bo‘yicha makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish; “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” bo‘yicha aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish; “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash” bo‘yicha chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan keng ko‘lamli vazifalarga to‘xtalib o‘tildi. Ushbu Farmonning mazmun-mohiyati murabbiylar va talabalar o‘rtasida atroflicha muhokama etildi.