Mirzo Ulug‘bek ilmiy merosining dolzarb ahamiyati
22.03.2017 32145
2017 yil 17 mart kuni Talabalar turar joyida barcha fakultet talabalari o‘rtasida “Mirzo Ulug‘bek ilmiy merosining dolzarb ahamiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatda allomaning ilmiy faoliyati, o‘tkir xotirasi, analitik tafakkuriga to‘xtalib o‘tdi. Qanday murakkab matematik amallarni qo‘llagani va qaysi astronomik maktabi faoliyati to‘g‘risida so‘z yuritildi. Bu borada ko‘plab misollar keltirildi. Talabalar o‘z chiqishlarida Mirzo Ulug‘bek murakkab matematik tenglamalarni juda tez va o‘ziga xos usulda hisoblay olgani, uning oliy madrasada talabalarga trigonometrik va sferik astronomiyaga oid hisob-kitoblarni o‘rgatgani hamda uning bunday masalalarni o‘ziga xos tarzda yechish usullarini bilganligi haqidagi ma’lumotlar berdi. Ayniqsa, astronomik observatoriyada olib borilgan hisob-kitoblarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Davra suhbati talabalarda katta taassurot qoldirdi.