Frankofoniya bayrami
19.03.2017 30634
Joriy yilning 15-16 mart kunlari Xalqaro Frankofoniya tashkilotiga (XFT) a’zo va kuzatuvchi davlatlarning Toshkentdagi elchixona va vakolatxonalari birgalikda Frankofoniya bayramini nishonladilar. Bayram O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida turli tanlovlar tashkil etildi va ularda fransuz tili o‘qituvchilari, talabalar va umuman fransuz tili ixlosmandlari qatnashdilar.
O’zbekistonning turli ta’lim maskanlaridan tashrif buyurgan tanlov qatnashchilari qatorida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ham ushbu konkurslarda ishtirok etdilar.
Tanlov natijasiga ko'ra JIDU ning “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari Kurtova Yekaterina (2-kurs) va Mirxalilova Gavxar (3 - kurs) sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritib, Fransiyaga sayohat uchun yo'llanmalar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Turabova Laylo (3 - kurs), hamda Toshev Otabek (4 -kurs) Jazoyir, Misr, Bolgariya, Fransiya, Polsha, Chexiya, Ruminiya, Slovakiya, Shveysariya va Ukraina elchixonalari tomonidan turli-tuman maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
G‘olib talabalarni chin yurakdan tabriklab, ularga muvaffaqiyatlar tilaymiz!