Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Malayziyaning Malaya universiteti huzuridagi Yevropa va Osiyo instituti direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08.07.2023 306
Joriy yilning 7-iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Malaya universiteti huzuridagi Yevropa va Osiyo instituti direktori Roy Entoni Rojers bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda JIDU tomonidan fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G.Ismailova, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani Sh.Arapov, “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri U.Xasanov, “Siyosatshunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi M.Abdullayeva, universitetning doktorant va ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etishdi.
G.Ismailova JIDUning yaratilish tarixi, tarkibiy bo‘linmalari va ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro hamkorligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi hamda Malaya universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdorligini bildirdi.
O‘z navbatida, R.Rojers uchrashuv tashkil etilgani uchun minnatdorchilik bildirib, JIDU bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Tomonlar xalqaro loyihalarda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma o‘quv dasturlarini yaratish va ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik o‘rnatish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, ikki universitet oʻrtasida tizimli asosda uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻzaro anglashuv memorandumini imzolash taklif etildi.