08.07.2023 265

Joriy yilning 7-iyul kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati qo‘mitasi raisi A.Shakirov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Sodiq Safoyev ikki qardosh xalqning tarixiy munosabatlari, parlamentlararo hamkorlik masalalariga to‘xtaldi. Shu bilan birga respublikamizda o‘tkazilgan referendum jarayoni, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaga kiritilgan muhim o‘zgartirishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad  xalqimiz turmush tarzini yana-da yaxshilash, ular har tomonlama davlat himoyasida bo‘lishini bosh qomusimiz bilan mustahkamlab qo‘yish maqsad qilingani alohida tushuntirildi.

O‘z navbatida, respublikamizda o‘tkaziladigan Prezidentlik saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan A.Shakirov so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa yaxshi qo‘shnichilik, parlamentlararo hamkorlik borasidagi ishlar yuzasidan o‘ziing ijobiy munosabatini bildirdi.

Shuningdek, bo‘lajak siyosiy tadbirning muhimligiga eʼtibor qaratib, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonining tashkiliy darajasiga yuqori baho berdi. 

Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, Orol mintaqasidagi suv muammosini hal etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi masalalar, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.