14.06.2023 1025

Joriy yilning 3-10-iyun kunlari Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi Hamza Boltayev va JIDU doktoranti Islomxon Gafarov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad 2023-yil 5-9-iyun kunlari Uorik universitetining Global Barqaror Rivojlanish Institutida o‘qish edi.

Global Barqaror Rivojlanish Instituti direktori E.Korosteleva rahbarligida tashkil etilgan o‘qish doirasida Uorik universitetining yetakchi olimlari, shuningdek, hamkor institutlar vakillari: S.Panechelli-Bataliya, V.Pitidis, S.Soubes, X.Uilson, D.Chapman, K.Ennew, I.Kelman va boshqalar ishtirokida barqaror rivojlanishning turli jihatlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar o‘tkazildi. Bundan tashqari, maktab ishtirokchilari tadqiqot mavzulari bo‘yicha individual taqdimotlar qilishdi. Unda Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi Hamza Boltayev o‘z ishini taqdim etdi. H.Boltayevning mavzusi mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari, shuningdek, Afg‘onistonning mintaqalarning o‘zaro bog‘lanishidagi roliga qaratildi.

JIDU doktoranti I.Gafarov ham ma’ruza qildi. I.Gafarovning mavzusi “O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarining o‘zaro bog‘lanishida tutgan o‘rni”ga yo‘naltirildi. Termiz-Mozori-Sharif-Kobul-Peshovar, Shimol-Janub xalqaro transport yo‘lagi va Chabahor, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li kabi transport yo‘laklarining o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Umuman olganda, Global Barqaror Rivojlanish Institutida o‘tkazilgan o‘qish JIDU va IXTI xodimlarining malakasini oshirish uchun yaxshi dastur bo‘lib xizmat qildi hamda Uorik universiteti bilan hamkorlikni kengaytirishga hissa qo‘shdi.