“Markaziy Osiyoda mintaqaviy taraqqiyot: yondashuvlar va ustuvor yo'nalishlar” mavzusida xalqaro davra suhbati o‘tkazildi
04.05.2023 1334
2023-yilning 3-4-may kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Markaziy Osiyoda mintaqaviy taraqqiyot: yondashuvlar va ustuvor yo‘nalishlar” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati JIDU va Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti (Olmaota, Qozog‘iston) o‘rtasida ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirish doirasida tashkil etildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston va Qozog‘istondan Markaziy Osiyoda integratsiyani rivojlantirishning turli nazariy va amaliy jihatlarini qamrab olgan mintaqaviy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi yosh olim va ekspertlar ishtirok etdi.
JIDU va al-Farobiy nomidagi QMU (www.kaznu.kz/ru) yosh olim va tadqiqotchilari mintaqadagi yangi geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘zgartirishlarning bir qancha jihatlarini muhokamaga olib chiqdilar.
Ushbu tadbir Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishni nazarda tutuvchi “Yangi O‘zbekiston” kursining asosiy jihatlarini ham o‘zida aks ettiradi.
Ikki mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlarining olimlari, iqtisodchilari, siyosatshunoslari darajasida ilmiy, innovatsion va ekspert hamkorligini rivojlantirishi davlarlarimizning barqaror yaqinlashuviga, yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.