18.04.2023 772

Joriy yilning 15-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida universitetlararo “UWED DC Tournament” parlament munozara turniri bo‘lib o‘tdi, munozaralarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda MGIMO-Toshkent jamoalari ishtirok etdi.

Ushbu turnirda ishtirok etish talabalarga munozara va notiqlik qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, yetakchilik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, bu ularga kelajakdagi kasbiy faoliyatida muhim qarorlar qabul qilishda yordam beradi.

Turnir davomida jamoalar turli manbalar, xalqaro qonunlar va nazariyalardan olingan dalillar orqali professional chiqishlar qilishdi.

Bunday musobaqalar yoshlarda muzokara olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish va jamiyatda kelajak yetakchilarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Turnir davomida talabalar hakamlar hay’ati oldida nutq so‘zlash va tahlil qilish, tanqidiy fikrlash va jamoatchilikni ishontirish qobiliyatini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Turnir yakuniga ko‘ra:

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi – I o‘rinni;

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi – II o‘rinni;

MGIMO-Toshkent jamoasi – III o‘rinni egalladi.

Mazkur tadbir zamonaviy ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi parlament muhokamalari va notiqlik chiqishlariga e’tiborning yanada oshishiga xizmat qiladi.