14.04.2023 818

Joriy yilning 12-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Vilnyus universiteti rektori Rimvydas Petrauskas boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

S.Safoyev O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, dunyoning yetakchi universitetlari, ilmiy markazlari bilan yaqin aloqalar o‘rnatilayotgani haqida gapirdi. JIDU va uning bo‘linmalarining hozirgi bosqichdagi faoliyati haqida ma’lumot berib, Vilnyus universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdorligini bildirdi.

O‘z navbatida, R.Petrauskas Vilnyus universiteti Litvaning eng qadimiy va eng yirik oliy ta’lim muassasasi ekanligini ta’kidlab, JIDU bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Tomonlar talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning qo‘shma o‘quv dasturlarini yaratish va ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha o‘zaro hamkorligi, moliyaviy menejment sohasida tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda JIDU prorektorlari Durbek Amanov va Gulnoza Ismailova, Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosarlari Akram Umarovlar ham ishtirok etishdi.

Suhbat yakunida S.Safoyev va R.Petrauskas Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Vilnyus universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashdi.