13.04.2023 1216

Tadbirda temurshunos olima, tarix fanlari doktori, professor Sh.O‘ljaeva, O‘zbekiston Fanlar Аkademiyasi Tarix instituti masʼul xodimlari va mehmonlar ishtirok etdilar. Buyuk sarkarda va davlat arbobining hayot yo‘li, mamlakatimizda Amir Temurga ko‘rsatilayotgan ehtirom, Amir Temur va temuriylarning milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat sohalari taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan va boy merosi haqida muhim fikrlar aytib o‘tildi.

Tadbir davomida bugungi kunda Amir Temur va temuriylarning davlatchilik, o‘zbek diplomatiyasi, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik va boshqa sohalardagi boy merosini o‘rganishga qiziqish jahon miqyosida tobora ortib borayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, uning davlat ishlarini boshqarish, xalq tinchligi va farovonligi yo‘lidagi g‘amxo‘rliklari, ezgu va adolatli amallari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova ijrosida qo‘shiqlar va universitet talabalari tomonidan sahna ko‘rinishi ijro etildi.

O‘zbekistonda va xorijda temuriylarning dunyo tamadduni ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasiga oid ko‘plab asarlar yaratilmoqda, ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Tadbir davomida temuriylar davrida davlat boshqaruv siyosati va madaniy hayoti kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlari haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.