Serbiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi
08.04.2023 837
Joriy yilning 7-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Serbiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Ivisa Dachich tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev oliy martabali diplomatni JIDUda kutib oldi.
Uchrashuvda JIDU birinchi prorektori Durbek Amanov, Diplomatik akademiya direktori o‘rinbosari Abdusamad Xaydarov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Akram Umarov hamda mazkur institutning Yevropa tadqiqotlari markazi rahbari Rustam Qayumov va boshqalar ishtirok etdi.
Tomonlar O‘zbekiston-Serbiya munosabatining parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, ilmiy, iqtisodiy va taʼlim sohalaring istiqbollarini muhokama qilishdi.
S.Safoyev O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumi haqida gapirdi.
O‘z navbatida Ivisa Dachich Yangi O‘zbekiston erishayotgan yutuqlarni yuqori baholadi va Serbiya tomoni ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv so‘ngida Serbiya Tashqi ishlar vaziri Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari oldida so‘zga chiqib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.