07.04.2023 871

Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasi tashabbusi bilan joriy yilning 3-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy transformatsiyasi sharoitida konstitutsiyaviy islohotlar” mavzusida ilmiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistratura talabalari ishtirok etishdi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat siyosati, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri to‘g‘risida”gi qonun doirasida bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida qonun ustuvorligini ta’minlovchi islohotlarga oid masalalar muhokama qilindi.

So‘zga chiqqanlar Asosiy qonunning har tomonlama yangilangani mamlakatimizda o‘tgan olti yil davomida erishilgan muvaffaqiyatlarning mustahkam huquqiy va iqtisodiy poydevori qo‘yilganidan, mustaqillik yillarida erishilgan eng muhim marralardan dalolat ekanini ta’kidladilar. Shuningdek, yangilangan Konstitutsiyamizda yoshlarga oid alohida bobning belgilangani yoshlar siyosati Yangi O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligining yorqin dalilidir. Shu o‘rinda Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 14-dekabrdagi prezidentlik lavozimiga kirishish marosimida “Biz yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va qat’iyat bilan davom ettiramiz, uni bugungi kun talablari asosida yanada yuksak bosqichga ko‘taramiz” degan so‘zlarini eslash o‘rinlidir.