07.04.2023 858

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi tomonidan 2008-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining nemis tilini o‘rganayotgan talabalari o‘rtasida har yili nemis tilida notiqlik san’ati tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Shu yillar davomida JIDU talabalari bir necha bor mazkur tanlovda g‘olib bo‘lishdi.

2023-yilning 29-mart kuni JIDUda ushbu an’anaviy musobaqaning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda nemis tilini o‘rganayotgan birinchi va uchinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

Roman-german tillari kafedrasi nemis tili sho‘basi o‘qituvchilaridan iborat hakamlar hay’ati talabalarning tayyorgarligi, savollarga javob bera olish qobiliyati va ma’ruzalar mavzusi bo‘yicha yaxshi asosiy bilimlarini yuqori baholadi.

Ismatullaeva Muslimaxon, Rahimov Xudoyor, Ilyosova Diyora 3-o‘rin, Obidjonov Yusufjon va Fayziyev Murodjon 2-o‘rin, Xalqaro huquq fakulteti 1-bosqich talabasi Mamazxonova Laziza 2023-yil 3-may kuni Germaniya Federativ Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasida o‘tkaziladigan notiqlik san’ati tanlovining 2-bosqichida universitetimiz nomidan ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.