Yevropa parlamenti delegatsiyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi
04.04.2023 1066
Joriy yilning 4-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Yevropa parlamenti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori Durbek Amanov universitetning koʻp qirrali faoliyati bilan Yevroparlament delegatsiyasi a’zolarini tanishtirdi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Gulnoza Ismailova, Istiqbolli Xalqaro tadqiqotlar instituti direktor oʻrinbosari Akram Umarov oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik loyihalari haqida soʻz yuritishdi.
Yevroparlament delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifdan maqsad — bugungi holat, Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqining kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish, ayniqsa, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash hisoblanadi.
Yevroparlament delegatsiyasi aʼzolari JIDU talabalari bilan suhbatlashib, ularning savollariga javob berdilar.