01.04.2023 1306

Joriy yilning 31-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyalari S.Abduganiyev, B.Qayumov, M.Kukiyev, JIDU Yuridik klinika direktori Z.Ubaydullayev hamda Xalqaro munosabatlar fakulteti dekani muovini S.Ibadullayevlar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida talabalarga mahorat darslari tashkil etildi.

O‘tkazilgan mahorat darsida talabalarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirilayotganligi, xususan, O‘zbekistonda o‘lim jazosi ta’qiqlanayotganligi, bundan tashqari, shaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi, ya’ni shaxsning erkinligini cheklash bilan bog‘liq har qanday harakat faqatgina sud qarori asosida amalga oshilishi shartligi tushuntirib o‘tildi. 

Mahorat darsi yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.