Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi
01.04.2023 1007
Joriy yilning 28-mart kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Bangladesh Xalq Respublikasi O‘zbekistonda Zahangir Alamni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikning holati va istiqbollari, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Elchi O‘zbekistonning muqaddas qadamjolariga ziyorat turizmini yo‘lga qo‘yish maqsadida Bangladeshdan sayyohlar oqimini ko‘paytirish va shu munosabat bilan ikki davlat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Alohida e'tibor oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikka xususan, JIDU va Dakka Milliy universiteti oʻrtasida aloqalarini yoʻlga qoʻyish masalalariga qaratildi.