Alisher Navoiy ma’naviy merosining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni
10.02.2017 32038
2017 yil 8 fevral kuni murabbiylik soatida barcha akademik guruhlarda Buyuk sharq mutafakkiri Alisher Navoiy tavallud topganining 576 yilligiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy ma’naviy merosining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Suhbatda shoir asarlarining yosh avlodni insonparvarlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati, ular qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida so‘z yuritildi. Buyuk mutafakkir ijodidan g‘azallar o‘qildi. Talabalar o‘z chiqishlarida Navoiyning yosh avlodni g‘oyaviy tarbiyasiga qo‘shgan hissasi, inson, ayniqsa yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq o‘git-nasihatlari, fikr-mulohazalari, talab-ko‘rsatmalari, orzu-istaklari she’riy kompozitsiya shaklida berilganligini ta’kidlab o‘tdi. Navoiyshunos-olimlar va tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan izlanishlar ham tilga olindi. Suhbat so‘ngida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videofilm namoyish etildi.