09.02.2017 30693

2017yil 9 fevral kuni JIDU axborot resurs markazida “O`zbek va rus tillari” kafedrasi va xotin-qizlar qo`mitasi ishtirokida talabalar bilan “Alisher Navoiy ijodi mangu barhayot” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.

Davra suxbatida xotin-qizlar qo`mitasi raisi professor E.Sultanova, “O`zbek va rus tillari ”  kafedrasi dotsentlari Sh.Normatova va M.Abduraxmonova, ARM direktori I.Klimitenko, xodimlar va universitet talabalari qatnashdilar.

Alisher Navoiyning xayoti va ijodidagi qiziqarli faktlar haqida dotsent Sh.Normatovaning ma’ruzasi tinglandi va qizg’in savol-javob bo`lib o`tdi. Talabalarga Navoiyning asarlarini o`qish, chuqur o`rganish tavsiya etildi.

Suhbatdan juda yaxshi taassurot olindi.

Alisher Navoiy ijodi mangu barhayot