14.12.2022 1305

2022-yil 6-8 dekabr kunlari Perm xalqaro forumi doirasida “Xalqaro munosabatlar” fakultetining 4-bosqich talabasi Fazliddin Djamalov “Xalq diplomatiyasi yetakchisi” xalqaro tanlovining final bosqichida ishtirok etib, natijada O‘zbekiston Respublikasini muvaffaqiyatli namoyish etib, kumush medal sohibi bo‘ldi. 

Tanlov finalida Tunis, Tojikiston, O‘zbekiston, Indoneziya, Moldaviya, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Ruminiya, Italiya, Meksika, Fransiya va Rossiyadan 18 nafar rossiyalik va 12 nafar xorijiy ishtirokchilar ishtirok etdi.  Umuman olganda, loyiha dasturida Rossiyaning 23 mamlakati va 34 mintaqasidan notijorat sektor vakillari ishtirok etishdi.

“Xalq diplomatiyasi yetakchisi” xalqaro tanlovining o‘quv dasturi: ishtirokchilarining rus va xorijiy ekspertlar bilan bir qator uchrashuvlari, ma‘ruzalar va topshiriqlarni bajarish, shuningdek seminardan o‘tish, taklif qilingan holatlarning amaliy echimlarini izlashdan iborat edi.  

Tadbirlar Perm shahrida (Rossiya) Perm Expo ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tdi. Forum davomida mahorat darslari, davra suhbatlari, konferensiyalar, tanlovlar o‘tkazildi.