06.12.2022 1239

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida joriy yilning 5-dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari va Jenevadagi bo‘linmasi direktori Tatyana Valovayaning  “2030 - yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasining kun tartibi” mavzusida ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

JIDUda bo‘lib o‘tgan ma’ruzada universitetning yetakchi mutaxassislari, Barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga erishish uchun mas’ul vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdi. Shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Barqaror rivojlanish milliy maqsad va vazifalarini ilmiy-uslubiy yo‘nalishlar orqali samarali amalga oshirishga ko‘maklashishni maqsad qilgan universitet qoshida ochilgan Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti Barqaror rivojlanish muammolarini o‘rganish markazi ekstpertlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tatyana Valovayayning mamlakatimizga tashrifi 4-6-dekabr kunlariga rejalashtirilgan bo‘lib, tashrif doirasida 6-dekabr kuni Toshkentda o‘tkaziladigan “Zo‘ravonlikka qarshi kurashishni institutsionallashtirish, OAVda gender sezgir tasvirlarni yaratish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada qatnashishi rejalashtirilgan.

Ma’ruza yakunida JIDU talabalari bilan savol javoblar olib borish ko‘zda tutilgan.