JIDU doktoranti Kamola Xoʻjamova DIIHB Siyosiy akademiyasida yosh ayollar uchun o‘tkazilgan treningda ishtirok etdi
13.11.2022 1091
JIDU doktoranti Kamola Xoʻjamova DIIHB Siyosiy akademiyasida yosh ayollar uchun o‘tkazilgan treningda ishtirok etdi. Trening 6-10 noyabr kunlari Varshavada (Polsha) YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosida boʻlib oʻtdi.
Ishtirokchilar ayollarning gender huquqlari, yetakchilik qobiliyatlari, inson huquqlarining xalqaro standartlari, jumladan, dunyodagi demokratik o‘zgarishlar haqida bilimga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar inson huquqlari, gender tengligi va saylovlar sohasida tajriba almashishdi.
Ushbu akademiyada ayollar huquqlari boʻyicha turli yoʻnalishlar va tor doiradagi mavzular koʻrib chiqildi. Yosh siyosatchilarning 2-akademiyasi ishtirokchilariga 4 ta davlatdan: O‘zbekiston, Gruziya, Makedoniya va Polshadan kelgan ishtirokchilari tashkil etdi.
Treninglar doirasida Polsha, Sloveniya, Gruziya, Makedoniya va Germaniyadan tashrif buyurgan taniqli ekspert va mutaxassislar taqdimot oʻtkazdi.