Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Turkiyaning Ibn Haldun universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
10.11.2022 1464
Joriy yilning 10-noyabr Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Ibn Haldun universiteti vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Nejmiddin Bilal Erdoğan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti delegatsiyasini turkiyalik mehmonlarga tanishtirib, ularni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutladi. Shundan so‘ng, o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Durbek Amanov so‘z olib, Ibn Haldun universiteti delegatsiyasiga rektor Sodiq Safoyevning salomi, iliq tilaklarini yetkazdi. “Biz bilamizki, Ibn Haldun universiteti xalqaro munosabatlar, ijtimoiy fanlar sohasidgi Turkiyaning yetakchi universitetlaridan hisoblanadi. Biz bu sohada ushbu universitet bilan koʻp tomonlama hamkorlik oʻrnatishga tayyormiz”, - dedi D.Amanov.
Muloqot davomida Turkiya delegatsiyasi a’zolaridan Ibn Haldun universiteti vasiylik kengashi raisi professor Irfan Gündüz, universitet rektori professor Atilla Arkan hamda universitet vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Nejmeddin Bilal Erdoğan so‘z olib, O‘zbekiston tomoniga, shuningdek, jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga iliq kutib olganliklari uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Universitetlararo talabalar munosabatlari yangi darajaga ko‘tarilishi haqida so‘z bordi. Bunda talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv-almashinuv dasturlarni amalga oshirish ta’kidlandi hamda Ibn Haldun universiteti tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan bir haftalik yozgi akademik maktab tashkil etilishi taklif etildi.
So‘ngra tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi. Tomonlar universitet oʻrtasida qoʻshma yoʻl xarita tuzishga hamda ushbu yoʻl xaritasiga asosan kelgusi istiqbolli hamkorlik yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun: Ibn Haldun universiteti Turkiya Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2017-yilda tashkil etilgan. Ayni paytda mazkur universitetda 1800 nafar talaba tahsil olmoqda. Ular orasida 81 davlatdan xorijiy talabalar ham mavjud.