Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lider talabalar bilan uchrashdi
02.11.2022 1647
Kuni kecha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.S.Safoyev hamda lider talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalidan rektor Talabalar Kengashini boshlangan faoliyat bilan qutladi.
“Biz, universitet anchadan buyon kutayotgan voqea sodir bo‘lganidan juda ham xursand bo‘ldim. Ya’ni talabalarni o‘zini-o‘zi boshqarish masalasida faoliyat yuritadigan organ – Talabalar kengashini faoliyatini boshlab olganingiz bilan tabriklayman. Bu faoliyatdan juda ham umidimiz katta. Sizlar qanday taklif va tashabbus bilan chiqsangiz biz tomonimizdan albatta qo‘llab-quvvatlanadi” – dedi Safoyev.
Uchrashuv davomida kengashning faoliyati, vazifasi va to‘liq tarkibi taqdimot ko‘rinishida tanishtirildi. Shundan so‘ng, rektor talabalarda mavjud savollarga javob berdi va takliflarni amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash haqida ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, har oyda bir martta rektor va lider talabalar uchrashuvini tashkil etish an’anga aylantiriladi.
Navbatdagi uchrashuv keyingi bir oyda bo‘lishi kelishib olindi.