29.10.2022 1407

Joriy yilning 28-oktabr kuni “Roman-german tillari” kafedrasi tomonidan “JIDUda Nemis tili kuni” bayramiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Konsert dasturida universitet rahbariyati, Germaniya Federativ Respublikasi Elchixonasining madaniyat va matbuot bo‘yicha attashesi Hori Adlka xonim, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

JIDU Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Yusupdjanov Odil Abdugafurovich o‘zining tabrik so‘zida universitetimizda nemis tiliga berilayotgan e’tibor kundan-kunga ortib borayotganini ta’kidladi.

Konsert dasturi yorqin, unutilmas taqdimotlar, taniqli nemis shoirlari she’rlari, milliy va zamonaviy raqslar, lirik va jo‘shqin qo‘shiqlarga boy bo‘ldi.

Bayramning kulminatsion nuqtasi asosiy va ikkinchi til sifatida nemis tilini o‘rganayotgan talabalarning nemis tilidagi insholar tanlovida “Yuqori darajali diplom” bilan taqdirlanishi bo‘ldi.

“Roman-german tillari” kafedrasi barcha talabalarga ushbu tadbirda faol ishtirok etganliklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.