24.10.2022 1234

Joriy yilning 20-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Elchi Abdujabbor Rahmonzoda tomonidan O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining joriy holati va ularni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan talabalarga atroflicha ma’lumot berildi. Barcha o‘zbeklar va tojiklar uchun yaqin qo‘shnilar sifatida bugun mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni rivojlantirish haqida so‘z bordi. Tojikiston tomoni qo‘shni mamlakatlar, ayniqsa, O‘zbekiston erishayotgan muvaffaqiyatlardan behad mamnunligi va bu go‘zal mamlakatda bo‘layotgan islohotlar va zamonaviylashtirish jarayonlarni qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi. Tadbir yakunida Tojikiston elchisi JIDU kutubxonasiga O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlariga bag‘ishlangan kitoblar to‘plamini taqdim qildi. Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.