17.09.2022 625

Joriy yilning 16-sentabr kuni UniCEN loyihasi doirasida Qozogʻistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri boʻlgan NarXoz universitetining professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari JIDUga universitetlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatishning istiqbollarini muhokama qilish maqsadida tashrif buyurishdi.

Tashrifning birinchi qismida NarXoz vakillari JIDU prorektori G.Ismailova, Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari A.Umarov, “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti dekani M.Hamdamov va fakultet professor-o‘qituvchilari bilan uchrashishdi.

“Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti dekani M.Hamdamov qozogʻistonlik hamkasblarga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti haqida batafsil maʼlumot berib, universitetning salohiyati va kelajakdagi istiqbollari bilan tanishtirdi. Shuningdek, universitetlar o‘rtasida iqtisodiyot yo‘nalishida o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan hamkorlikning istiqbolli tomonlari haqida fikrlar almashildi.

Tashrifning ikkinchi qismida NarXoz universitetining varillari “Siyosatshunoslik” kafedrasi mudiri F.Sattarov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari bilan uchrashishdi. Shuningdek, mehmonlar JIDUning “Xalqaro huquq” fakulteti dekani va bir guruh olimlari bilan ham muloqot o’tkazishdi. Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida umumiy o‘quv rejalar ishlab chiqish, hamkorlikda maqola va monografiyalar chop etish, professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda tadqiqotchilar uchun ilmiy konferensiya va davra suhbatlari tashkil qilish kabi masalalar boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.