27.09.2022 1513

Bilim va hayotiy tajribani avlodlar bilan, ayniqsa, diplomatik xizmat doirasida  bo‘lishish g‘oyat muhimdir. 2022-yil 27-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasining chet el vakolatxonalaridagi Favqulodda va Muxtor elchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ochiq muloqot ham ana shu maqsadga xizmat qildi. Samarali uchrashuv diplomatik xizmatga qiziquvchi oliy o‘quv yurti talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasining Turkiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Eron, Hindiston Respublikasidagi hamda Saudiya Arabistondagi Favqulodda va Muxtor Elchilari o‘rtasida muloqot qilish uchun ideal platforma bo‘lib xizmat qildi.

Ochiq muloqot moderatori sifatida universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Durbek Amanov so‘zga chiqib, mehmonlar, professor-o‘qituvchilar va talabalarni qutlab, yig‘ilishni ochiq deb e’lon qildi. Durbek Amanov o‘zining nutqi avvalida elchilarga universitet talabalari bilan diplomatik xizmat to‘g‘risida tushunchalar almashish maqsadida universitetga tashrif buyurishgani va vaqt ajratgani uchun minnatdorlik bildirdi. Shundan so‘ng birinchi prorektor so‘nggi paytlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’muriyati va Prezidentimiz tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va uning faoliyatiga jiddiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Xususan, Prezidentimiz qarori natijasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini “Smart universitet”ga aylantirish jarayoni boshlandi. Bu harakatlarning barchasi universitetning jahon darajasidagi reytingini oshirish va O‘zbekistondagi eng yaxshi ta’lim muassasalaridan biriga aylantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari,  mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 330-sonli qaroriga asosan JIDU qoshida Diplomatik akademiya tashkil etilgani haqida ma’lumot berildi.

So‘ngra so‘z Favqulodda va Muxtor Elchilarga taqdim qilindi va ular o‘zlarining diplomatik faoliyatlari haqida so'zlab, talabalarning savollariga javob berishdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Janob Dilshod Axatov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilk bitiruvchilardan biri ekanligini ta’kidlab, universitetning 30 yillik yubileyi bilan tabrikladi. Janob Axatov universitetdan keyingi ilmiy loyihalarda qo‘llab-quvvatlashni so‘radi. Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchi Janob  Baxrom Ashrafxonov diplomatik xizmatdagi nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovut  sababli o‘z faoliyatining boshida qanday kurashganligi haqida gapirdi.

Muhokama yakunida bir necha talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga elchilardan javob oldilar. Zero, avlodlar o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar JIDU an’anasiga aylanib borgan bu uchrashuv davomiy bo‘lishi har tomondan qo‘llab-quvvatlandi.