«Sog'lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo'lmagan xalqaro hayriya fondi – fuqarolik jamiyatidagi muhim institut sifatida» mavzusidagi master-klass
20.01.2017 32273
2017 yil 19 yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining faollar zalida «Fuqorolik jamiyati: O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fani doirasida (Ma'ruzachi IGF kadefrasi professori E.S.Sultanova) «Sog'lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo'lmagan xalqaro hayriya fondi – fuqarolik jamiyatidagi muhim institut sifatida» mavzusidagi master-klass darsi bo'lib o'tdi. Unda «Sog'lom avlod uchun» nomli hukumatga qarashli bo'lmagan xalqaro hayriya fondi raisi, O'zbekiston Respublikasi Tibbiyot sohasida xizmat ko'rsatgan tashkilotchi, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor Svetlana Tursunxodjaevna Inamova nutq so'zladi.
Master-klass shaklida bo'lib o'tgan darsda JIDU professor-o'qituvchilari, doktorantlar, «Xalkaro munosabatlar», «Xalkaro huquq», «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» talabalari ijtirok etdi.
Dars davomida turli interfaol usullardan, jumladan videofilm, prezentatsiyalardan foydalanildi.
Ushbu master-klass «Xalqaro munosabatlar» fakultetining «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi tomonidan tashkillashtirildi.