05.09.2022 1580

2022-yil 5-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Birinchi kurs maktabi” tantanali tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.Safoyev qutlov so’zlari bilan ochib berdi. S.Safoyev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Mustaqillikning birinchi oliy o’quv yurti” deb e’tirof etdi. Bunga qo’shimcha ravishda rektor bu yilgi talabalar avvalgilardan farqlanishini ta’kidladi. Bunga sabab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bu yil o’zining 30 yillik yubeleyini nishonlamoqda. Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan ushbu yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini "Smart university"ga aylantirish rejalashtirilgan. Bu universitetning reytingini dunyo bo’yicha ko’tarishga turtki beradi. Mamlakat miqiyosida bu loyiha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini o’z o’rnida birinchilardan qiladi. Universitet rektori talabalarga qarata faqat bir talab qo’ydilar: “Har ondan unumli foydalanish”.   

Rektorning tabrik nutqidan so’ng raqs, she‘r va qo’shiqlardan iborat qisqa konsert dasturiga navbat berildi. So’ngra 2022-2023 o’quv yili uchun kirish imtihonlarida yuqori bal to’plagan talabalar minnatdorchilik izhor etib so’zga chiqishdi.  

Bundan so’ng O'zbekistonning chet eldagi elchixonlari va vakolatxonalarida amaliyot o’tagan talabalar va universitet Talabalar kengashi vakillari so’zga chiqishdi va o’z tajribalari bilan o’rtoqlashishdi. Talabalarni ilhomlantirish maqsadida universitet XIM fakulteti bitiruvchisi G’ofurova Dilafruz o’zining Islom Karimov nomidagi davlat stependiatiga aylanish jaroyini haqida so’zlab berdi.  

Tadbir so’ngida "Vatan" qo’shig’i jonli ravishda ijro etildi.