Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
19.07.2022 2240
Joriy yilning 16 iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) 2021-2022 o’quvyili bitiruvchilariga bakalavr diplomini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
An’anaga ko’ra, tadbirda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillari, O’zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarini rahbarlari va faxrli bitiruvchilari ishtirok etdi. “Universitet deyarli 30 yillik faoliyati davomida qator raqobatbardosh kadrlarni tayyorlab kelmoqda. Bugun 195 ta yosh, xalqaro va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, siyosatshunoslik hamda xalqaro huquq yo’nalishlari mutaxasisslari universitetimizni bitirmoqda. Umid qilamanki, Sizlar davlat xizmati va Yangi O’zbekiston diplomatiyasini rivojlantirishda munosib hissa qo’shasizlar” - ta’kidladi rektor S.Safoyev.
Tadbir davomida mamlakatimizining xorijdagi vakolatxonalarini rahbarlari va faxrli bitiruvchilari tomonidan ham tabrik so’zlari eshittirildi.
“Bugun O’zbek diplomatiyasi yangi yosh mutaxassilar bilan to’lmoqda. Bugungi kunda O’zbekistnning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida jumladan yurtimizning Londonagi elchixonasida faoliyat yuritayotgan bir qator universitetimiz bitiruvchilari bu yerda akademik hamkorlarni kengaytirishga faol ko’mak bermoqdalar.Diplomatik xizmat xodimi va JIDU bitiruvchisi sifatida men bundan juda hursandman. Universitetimiz barcha o’qituvchilariga haqiqiy xalqaro mutaxassislarni tayyorlashdagi beqiyos say-harakatlari uchun tashakkur bildiraman.” - deydi O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi - Said Rustamov
“Har bir universitet uchun uning bitiruvchilari bu alohida faxrdir. Universitetimiz tashkil etilganiga 30 yil to’lganiga qaramasdan uning bitiruvchilari dunyoning turli mamlakat va qit’alarida faoliyat yuritib kelishmoqda. Xurmatli bitiruvchilar, ta’limni yakunlasangiz ham izlanishni va o’rganishni davom ettiring hamda o’z muvaffaqiyatingiz bilan universitetimizni ulug’lang. Men va boshqa univesitetimiz bitiruvchilari dunyoning qaysi burchagida bo’lmaylik shu universitetda o’qiganiizdan faxrlanamiz.” deydi O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakili - Ulugbek Lapasov.
Yana bir qizg‘in o‘quv yili nihoyasiga yetdi va faol, progressiv fikrlovchi bitiruvchilar ittifoqi yana JIDU universitetini tark etdi. Ularning o‘qish yillari davomida egallagan ko‘nikma va malakalari har qanday kasbiy sohada o‘zini namoyon etishiga va universitetning munosib vakillari bo‘lishiga yordam berishiga shubha yo‘q.