Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Pokiston Tashqi ishlar akademiyasi ilmiy va ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
10.07.2022 2216
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 29 iyun kuni Pokiston Tashqi ishlar vazirligining Tashqi ishlar akademiyasi vakillari hamda JIDU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori S.Saidqosimov bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Tashqi ishlar akademiyasi bosh direktori Zohid Nasrulloh Xon, Dastur va boshqaruv direktori, dr Asima Rabboniy, JIDU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Saidqosimov Saidmuxtor, O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Oybek Usmonov hamda Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi Sayid Ali Asad Gillani ishtirok etishdi.
Muloqot chog‘ida har ikki tomonning takliflari o‘rtaga tashlandi va muhokama qilindi. Asosiy takliflar quyidagilar bo‘ldi: yangi o‘quv yili boshida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya tashkil etish, har ikki muassasa professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari uchun o‘zaro fikr almashish uchun muntazam ravishda onlayn ma’ruzalar va seminarlar tashkil etish, O‘zbekiston va Pokistonning ichki va tashqi siyosati bilan chuqurroq tanishish va tahlil qilish,,kutubxona fondini samarali boshqarish bo‘yicha tajriba almashish, o‘quv mashg‘ulotlari metodologiyasi, o‘quv va ilmiy materiallar bilan almashinishi haqida so’z bordi.
Ta'kidlash joizki, muhokama davomida taraflarning umumiy qiziqishlarida haqida so’z bordi. Ikki tomonlama mustahkam munosabatlarni o‘rnatish va hamkorlikni rivojlantirish uchun aloqalarni davom ettirish istagini bildirdirishdi. Muassasalar oʻrtasidagi hamkorlik umumiy qadriyatlar va maqsadlar, oʻzaro hurmat va ishonchga asoslangan boʻlib, bu Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Tashqi xizmat akademiyasi oʻrtasidagi oʻzaro Anglashuv Memorandumida o’z aksini topdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Pokiston tomoni elchilari Oybek Usmonov va Sayid Ali Asad Gillaniyga ikki tomonlama uchrashuvni tashkil etganliklari uchun minnatdorlik bildirildi.