06.06.2022 1842

Joriy yilning 2-4-iyun kunlari Buxoro shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi oʻtkazildi. Ushbu tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi Dilmurod Dilmurodov hamda Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 1-bosqich talabasi Javohir Imamov tarjimon-volontyor sifatida faol ishtirok etishdi.

Mazkur forum doirasida Buxoro shahri 2022-yilda “Turkiy dunyoning yoshlar poytaxti” deb eʼlon qilindi. Buxoro shahrini 2022-yilda “Turkiy dunyoning yoshlar poytaxti” deb eʼlon qilish to‘g‘risidagi qaror forum doirasida qabul qilindi.

Forumda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyev, “Baykar Technology” kompaniyasining texnologik direktori Seljuk Bayraktar, Turkiya yoshlar va sport vaziri Xalis Yunus Ersyoz, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ishtirok etdi.

Tadbir so‘ngida Buxoro shahrining birinchi “Turkiy dunyo yoshlar poytaxti” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan qo‘shma qaror va 2022-yil davomida Buxoro shahrida amalga oshirish rejalashtirilgan harakatlar rejasi imzolandi.