03.06.2022 1501

Slovakiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi hamda  Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) bilan hamkorlikda slovakiyalik olim, astronom, harbiy, siyosatchi, diplomat, general Milan Rastislav Stefanikning byustini o‘rnatishga bag‘ishlangan tantanali marosimni tashkil etdi.

Bu tadbir fransuz ekspeditsiyasi boshligʻi M.R.Stefanikning 1906-yil oxiri — 1907-yil boshlarida Turkistonga qilgan safari xotirasiga bagʻishlangan. Tashrif maqsadi Toshkent rasadxonasida bo'lish va  quyosh tutilishini kuzatish, shu bilan birga slovak va o‘zbek xalqlari o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilishining boshlanishi bo‘lib xizmat qilgan.

Mazkur tadbirda JIDUning bir qator talabalari mehmon sifatida ishtirok etdi.