Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
27.05.2022 1394
Joriy yilning 5-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Toshkent Jan Monne nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba markazi” loyihasi doirasida “Siyosatshunoslik” kafedrasi mudiri F.Sattarov boshchiligida “O‘zbekistonda siyosiy fanlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir doirasida fan doktori, professor M.Rahimovning “Logistics and Diplomacy” monografiyasining taqdimoti tashkil etilib, taqdimotdan so‘ng boshqa universitetlardan taklif etilgan professor-oʻqituvchilar, shuningdek, JIDU professor-oʻqituvchilari, faol doktorantlar, magistrantlar va bakalavriat talabalari Oʻzbekistonda siyosiy fanlar rivojining muhim masalalari mavzusuga bag‘ishlangan muhokamada ishtirok etdilar. Xususan, kun tartibida quyidagi masalalar bo‘ldi: O‘zbekistonda siyosatshunoslikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, siyosatshunoslik tadqiqotlari doirasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish muammolari, mamlakatimizda gender siyosatini shakllanish muammolari, siyosiy falsafasi va qiyosiy siyosatshunoslik kabi fanlarni joriy etish va rivojlantirish va boshqalar.
Konferensiyaning savol-javoblarga bag‘ishlangan qismi ham qiziqarli va mazmunli bo‘ldi. Savol-javob qismida konferensiya tinglovchilari va kuzatuvchilari ma’ruzachilarning chiqishlari bo‘yicha o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashib, o‘z taassurotlari va mulohazalari bilan bo‘lishdilar.