07.05.2022 1409

2022-yil 29-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDUda navbatdagi frankofoniya ya'ni «Fransuz tili kuni» bayrami bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, xususan, madaniyat va hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi – janob Loran Auriol, Fransiya alyansi direktori – Ahmedov Dilshod Komiljonovich va Campus France vakilllari – Maeva-Loren Godard va Belgiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli – Jan-Klod Bojan ishtirok etishdi. Tadbirni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori – G.Ismoilova kirish so‘zi bilan ochib, barcha mehmonlar va talabalarni qutlab, fransuz tilining muhimligini alohida ta’kidladi. Ushbu qutlov so‘zidan so‘ng yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.Tadbir dasturi viktorina shaklida interfaol o‘yinlarga boy bo‘lib,unda talabalarning chiqishlari joy olgan  bo‘lib,  jonli ijrodagi an’anaviy va estrada fransuz qo‘shiqlari, an’anaviy Belgiya raqsi, Jazoir raqsi va nihoyat, zamonaviy fransuz raqsi o‘rin oldi.

Mehmonlar va barcha yig‘ilganlarga universitet talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Tur de Frans” velopoygasi haqida videorolik namoyish etildi.Yakunda janob Loran Auriol interaktiv viktorina va talabalar velopoygasi g‘oliblariga sertifikatlar topshirdi.

Tadbir yuqori saviyada o‘tdi, bu esa fransuz tiliga qaratilayotgan yuksak e’tiborning isboti bo‘ldi.