03.05.2022 1118

Joriy yilning 27-aprel kuni JIDU Ingliz tili kafedrasi professori Bahodir Samadov boshchiligidagi bir guruh tashabbuskor talabalar tomonidan “JIDU madaniyatlararo muloqot” klubini tashkil etish mavzusida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda universitetimizning barcha fakultetlari talabalari faol ishtirok etishdi.  Talabalar ushbu klubni tashkil etish zarurligini muhokama qildilar, shuningdek, klub kengashi a'zolarini sayladilar.

Uchrashuv ishtirokchilari turli millat vakillari bilan muloqot qilish qobiliyati muhimligini ta’kidladilar.  “Madaniy” xatolar xorijlik mutaxassislar bilan muloqot sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgani alohida ta’kidlandi.

Ma’ruzalarda, shuningdek, ingliz tilining nufuzli RP ('Received Pronunciation') variantidan foydalanish muhimligi, va bu diplomatlarning yanada samarali ishlashiga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.