29.04.2022 1149

Joriy yilning 27-28 aprel kunlari Respublikamizda “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovi hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tdi. Universitetimiz talabalarining “Diplomat” teatr studiyasi va “The Rock Ambassadors” rok musiqali ansambli hamkorlikda ushbu festivalda faol ishtirok etishdi. “Diplomat” teatr studiyasi tomonidan namoyish qilingan U.Shekspirning “Romeo va Julyetta” tragediyasidan olingan lavhalar and tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. “Diplomat” teatr studiyasi hududiy bosqichda 1-o‘rinni egallab, keyingi mintaqaviy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Universitet rahbariyati “Diplomat” teatr studiyasini ushbu yutuq bilan tabriklaydi va keyingi bosqichda ham omad va zafarlar tilaydi.

P.S.: Respublika talabalar teatr studiyalari tanlovi bo‘yicha 7 ta mintaqaviy guruhga bo‘lingan. 5-mintaqa bellashuvi 16-may kuni Jizzax viloyatida (Jizzax davlat pedagogika instituti (Jizzax viloyati musiqali drama teatri)) Qashqadaryo viloyati, Toshkent shahrining Olmazor, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 4 jamoa o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Iyun oyida esa 7 mintaqa g‘oliblari o‘rtasida final bosqichini o‘tkazish rejalashtirilgan.