"Ayol diplomat qanday bo'lishi kerak?"
21.04.2022 1465
Joriy yilning 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Kadrlar va ta’lim muassasalari bilan ishlash boshqarmasi sektor mudiri Sh. Zokirovaning oliy o‘quv yurtlari talabalari "Ayol diplomat qanday bo'lishi kerak?" nomli mavzu yuzasidan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvni siyosiy fanlar doktori, professor Sultonova E’tibor Siddiqovna ochib berdi va Sh. Zokirovaning qisqacha tarjimai holi hamda ish faoliyati bilan tanishdi.
Shundan so‘ng so‘z Sh. Zokirovaga berildi va u o‘zining boy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va universitet talabalariga foydali maslahatlar berdi. Sh. Zokirova so‘nggi yillarda mamlakatimizda gender tengligi masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.Shu bilan birga uchrashuv ishtirokchilari va tashkilotchilariga ko‘rsatgan qiziqishlari uchun minnatdorlik bildirib, o‘zini diplomatiyaga bag‘ishlashga tayyor bunday qizlar bilan uchrashganidan xursand ekanligini ta’kidladi.
E. Sultonova mehmonni universitetda faoliyat yuritayotgan “Ayollar kengashi”, “Yetakchi qizlar klubi”, “Olima ayollar uyushmasi” uyushmalari faoliyati bilan tanishtirdi.
So‘ngra “Lider qizlar klubi” vakillari – Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari M. Ilmiddinova va S. Sattorovalar “Zamonaviy lider ayol qiyofasi” va “Yangi O‘zbekistonda yetakchi ayoli qiyofasi” mavzularida ma’ruza qildilar.
Tadbir so'ngida E. Sultonova JIDU talabalari o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar sari dadil intilishlari, eng avvalo o‘zlari va boshqalar uchun namuna bo‘lishlari kerakligini ta’kidladi. Shundan so‘ng talabalar uchrashuv tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.