JIDU talabalari Italiya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasida tashkil etilgan "Italiya haqida tushlar" mavzusidagi ko'rgazmaga tashrif buyurdilar
16.04.2022 1212
2022-yilning 24-mart kuni O'zbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganiga 30 yil bo'ldi.
Shu munosabat bilan Italiya Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasi binosida «Italiya haqida tushlar» mavzusida ko'rgazma bo'lib o'tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, davlat organlari va oliy ta’lim muassasalari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Elchixona taklifiga binoan ko‘rgazmada JIDU vakillari – Romano-german tillari kafedrasi mudiri V. Mamatkasimova, italyan tili o‘qituvchilari M. Madrahimova va SH. Abdug‘aniyev, Xalqaro huquq fakulteti talabalari – A. Nasimjonov, A. Xaydarova, K. Nizomiddinova, Sh. Qaxramonova, Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari – D. Abzalxanova, S. Rahmonovlar ishtirok etishdi.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Italiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi janob Agostino Pinna mehmonlarni samimiy qutlar ekanlar, O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mustahkam sheriklikka aylanganini ta'kidladi va bunga yorqin dalil sifatida turli daraja va formatlarda o'tkazilgan suhbatlarni keltirdi.
Ta’kidlanganidek, mavzuga oid ko‘rgazmani tashkil etishdan maqsad xalqlar o‘rtasidagi madaniy hamkorlik va muloqotning barcha shakllarini rivojlantirish, madaniy yutuqlarni o‘zaro almashish, birgalikdagi ijodiy faoliyatni, san’atni rag‘batlantirish, milliy qadriyatlarimizni o‘zaro boyitishga faol ko‘maklashishdan iborat.