"Sivilizatsiyalararo muloqot – xalq diplomatiyasi rivojining muhim omili"
14.04.2022 959
Joriy yilning 12-aprel kuni, Tashkent shahar, “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida Konrad Adenauer fondining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Oʻzbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti, Xalq diplomatiyasi markazi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlikda «Sivilizatsiyalararo muloqot – xalq diplomatiyasi rivojining muhim omili» ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Universitetimiz professori, siyosiy fanlar doktori Sultanova Eʼtibor Sidikovna mazkur tadbirda "Globallashuv davrida madaniyatlararo muloqot" nomli maʼruzasi bilan qatnashdilar.
Maʼruzada, bugungi globallashuvni yangi bosqichida yangi yondashuv: insoniylikni targʻib etuvchi, inson qadrini yuqori darajaga koʻtaruvchi gʻoyaga asoslanishimiz lozim. Qachonki xalqlar bir birini tushunsa, oʻzaro nafaqat rasmiy diplomatik munosabatlarni, balki xalq diplomatiya orqali madaniyatni, ilmu fan, taʼlim, turizm, sport, millatlararo, dinlararo munosabatlarni oʻrgansa barcha dunyodagi chaqiriq va tahdidlarni oldini olish mumkin, degan gʻoya oldinga surildi.