Fransuz tili o‘qituvchilarining Toshkent Fransuz Alyansidagi uchrashuvi
14.04.2022 1179
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniy va texnik hamkorlik bo’limi tomonidan Toshkent shahri va viloyatlarda faoliyat olib borayotgan fransuz tili o‘qituvchilari uchun uchrashuv tashkil etildi. Ishtirokchilarni Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ta’lim hamkorligi bo‘yicha mintaqaviy attashesi Serj Bellini samimiy kutib oldi. Tadbir 2022-yil 8-aprel kuni Toshkentdagi Fransuz Alyansida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Roman-german tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Uchrashuvda fransuz tili va adabiyoti bo‘yicha o‘quv materiallari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javoblar oldilar. Kutubxonachi-operator Kari Desservetaz savollarga javob berar ekan, bugungi kunda kutubxona shunchaki axborot emas, balki uchrashuv va muloqot maskani, shu bois kutubxonachi faoliyati ko‘lami kengaymoqda ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, kutubxona muvaffaqiyatining muhim omillaridan biri uning fondlari sifati, sifatli kitobsiz kutubxona mavjud bo‘lmasligi haqida gapirdi.
Tadbir so‘ngida barcha yig‘ilish ishtirokchilariga fransuz tilidan darsliklar va badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.