13.04.2022 2276

Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Inson tinch va xotirjam yashashni hohlaydi. Tinchlik boʻlgan joyda baraka va rivojlanish boʻladi.

Joriy yilning 13-aprel sanasida JIDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor O. Yusupdjanov talabalar bilan ochik muloqot oʻtkazdi. Yigʻilishda yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik masalasiga koʻproq urgʻu berildi. Shu bilan birga, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni turli mafkuraviy tahdidlar va yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish borasida soʻz yuritildi. Yoshlar ertamiz koʻzgusi. Ularning kelajagi butun bir millatning shirin tashvishidir. Hozirda barcha jabhada yoshlar masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish uchun nafaqat ota-ona, balki Universitet va yana bir qator tashkilot va idoralar ham masʼul etib belgilangan.

O. Yusupdjanov tomonidan talabalar ongiga jinoyatga qoʻl urmaslik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, Vatanga sadoqatli boʻlish, atrofdagi insonlarga yuksak hurmatda boʻlish kabi fazilatlarini singdirildi. Yana bir ogʻriqli mavzu –firibgarlik bilan bogʻliq jinoyatlar hozirgi kunda yoshlar oʻrtasida koʻpayotganligi taʼkidlab oʻtildi.

Hozirgi kunda Universitetimizda oʻqish uchun barcha shart sharoitlar mavjudligi,  talabalar oldida turgan muammolarni bartaraf qilish, ularga keng imtiyoz va imkoniyatlar berish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotganligi misol qilib keltirildi.

Mamlakatimizda yoshlar oʻrtasida  huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan tizimli islohotlar xalqimizning tinch va osoyishtaligini taʼminlashga xizmat qiladi. Bu albatta jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitning yanada sogʻlomlashishiga, talabalar oʻrtasida imunitet xosil qilishga  zamin yaratadi deb ayta olamiz.