13.04.2022 914

12-aprel kuni "Хalqaro munosabatlar" fakulteti tomonidan Sloveniya Respublikasining YEXHT huzuridagi doimiy vakili va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlar, Sloveniya sobiq tashqi ishlar vaziri Andrey Benedeychichning O'zbekistonga tashrifi chog'ida "Yevropa Ittifoqining strategik avtonomiyasi: bugungi muammolar va istiqbollar" mavzusida ma'ruza tashkil etildi.

Tadbirni "Xalqaro munosabatlar" kafedrasi mudiri Ulug'bek Hasanov ochib berdi va o'z chiqish so'zida A.Benedichichning kasb mahoratiga to'xtaldi. O'z navbatida, mehmon strategik avtonomiyalar bo'yicha yangi Yevropa Ittifoqi dasturi haqida taqdimot qildi. Xalqaro huquq sub'ekti sifatida Yevropa Ittifoqini tashkil etish tarixi, tashkilotni tashkil etish bilan bog'liq asosiy shartnomalar haqidagi malumotlar ma’ruza davomida yoritildi. Jahon siyosatida tezkor o'zgarishlar ro'y berayotgan paytida Yevropa Ittifoqining kelajagi mavzusiga alohida to’talib o’tildi..

Ma'ruza yakunida talabalar diplomatga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, shuningdek Sloveniyadan kelgan mehmonlar bilan seminarlar tashkil etish amaliyotini davom ettirish haqida aytib o’tildi.