Yaponiya: anʼana va zamonaviylik
11.04.2022 1128
Talabalar, 2022-yil 4-aprel kuni universitet yotoqxonasida yapon taomlari odob-axloqiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Yapon tilini o‘rganayotgan talabalar yaponlarning milliy taomlari, yapon taomlari dizayni, xizmat ko‘rsatish, dasturxon odobining o‘ziga xos qoidalari bilan tanishadilar.
Ushbu tadbirni yapon tili o'qituvchilari olib borishdi. Tadbir doirasida NORIMAKI va ONIGIRI kabi yapon taomlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Talabalar yapon taomlarini mustaqil ravishda tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar, shuningdek, tayyorlangan taomlardan tatib ko‘rdilar va chopstiklardan foydalanish an’analari bilan tanishdilar.
Tadbir Sharq tillari kafedrasi tomonidan tashkil etildi.